«Barselona»ning yana bir futbolchisi safga qaytishga yaqinlashmoqda
«Barselona» yarim himoyachisi Andreas Kristensen mavsum boshida olgan jarohatidan davolanishda davom etmoqda.
«Scapde_45» ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli daniyalik futbolchining tiklanish jarayonida ancha progress bor. U allaqachon individual mashg‘ulotlarni boshlagan.
Kristensen «ko‘k-anorranglilar» safida bu mavsum 1 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.