Xorvatiyaning Portugaliyaga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Xorvatiya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasining 6-turi doirasidagi Portugaliyaga qarshi o‘yin uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Asosiy tarkibni quyidagi futbolchilar boshlaydi: Livakovich, Shutalo, Chaleta-Sar, Gvardiol, Perishich, Modrich, Sosa, Kovachich, Kramarich, Baturina, Matanovich.
"Shashkachilar" yarim himoyachisi Luka Modrich sardorlik bog‘ichini taqib maydonga tushadi.