«MYU» qanot himoyachisi jarohatidan tuzaldi
«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Lyuk Shou jarohatidan tuzalib, jamoa umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi.
29 yoshli futbolchi joriy mavsumda turli jarohatlar sabab hali «qizil iblislar» safida maydonga tushgani yo‘q.
«Man Yunayted» navbatdagi o‘yinini 10 noyabr kuni «Lester»ga qarshi o‘tkazadi.