Mourinyo APLda o‘ziga jamoa tanladi
Joze Mourinyo yozdan beri Turkiyada «Fenerbaxche»da ishlamoqda. Oxirgi paytlarda portugaliyalik murabbiy mahalliy futboldan noroziligini faol bildirib, hatto hamma narsani bilganida kelmasligini ham aytdi. Ehtimol, Mourinyo yaqin kelajakda ish joyini o‘zgartirishi ham mumkin.
"The Guardian" xabariga ko‘ra, Mourinyo «Nyukasl»ni boshqarishni xohlaydi. Maxsus vositachilar bilan bog‘lanib, u «qarg‘alar» ustozi Eddi Xauning vaziyatidan xabardor bo‘lishini so‘radi.
Xau hozircha ishini yo‘qotish tahdidi ostida emas, chunki yaqinda «Nyukasl» Liga kubogida «Chelsi»ni, Premyer-ligada «Arsenal»ni mag‘lub etgandi.