Mourinyo: «Bunday holatda «Manchester Yunayted» menga bonus to‘lashga majbur bo‘lardi»
«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2017/18 yilgi mavsumda APL chempionligi "qizil iblislar"ga berilishiga umid qilmoqda. O‘sha mavsumda chempion bo‘lgan «Man Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazolanishi mumkin.
«Bilganingizdek, biz Yevropa ligasida g‘alaba qozondik va Premyer-ligada ikkinchi o‘rinni egalladik. Agar «Manchester Siti» jazolansa, o‘sha chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatimiz bor deb o‘ylayman. Shunda «Manchester Yunayted» menga bonus to‘lashga majbur bo‘lardi!» - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Hozirgi paytda Joze «Fenerbaxche» jamoasiga murabbiylik qilmoqda.