Anchelotti Braziliya terma jamoasida ishlash haqidagi savolga javob berdi
«Real» qiyin davrni boshdan kechirmoqda va jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida noodatiy savol oldi. Italiyalik murabbiydan Braziliya terma jamoasiga o‘tmaganidan afsuslanyaptimi, deb so‘rashdi.
«Oh! Savolingiz uchun rahmat. Hechqisi yo‘q, bu nozik fursat, lekin davom etish kerak. Men hech narsadan afsuslanmayman va «Real» bazasida har bir kundan zavqlanishda davom etaman. Bu yerda o‘tkazgan vaqtimni qadrlayman. Bu qiyin davr, lekin men bu yerda, dunyodagi eng yaxshi klubda bo‘lganimdan xursandman. Qiyinchiliklar har doim bo‘ladi», - dedi Anchelotti jurnalistlarga.