Lyorisga Mourinyo va Konte jamoasida o‘ynash qiyin bo‘lgan
"Tottenxem"ning sobiq darvozaboni Ugo Lyoris "shporlar" o‘yinlarini kuzatishda davom etishini aytdi.
"Menga ko‘rganlarim juda yoqadi. Men "Tottenxem" to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga ishonaman. Ularda to‘g‘ri futbol uslubi, to‘g‘ri mentalitet bor. O‘ylaymanki, Postekoglu klubga ayni damda kerak bo‘lgan narsani olib keldi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Joze Mourinyo yoki Antonio Konte qo‘l ostida o‘ynaganimizda og‘irlik his qilganman. Bu boshqa futbol uslubi edi.
Siz g‘alaba qozonsangiz muammo bo‘lmaydi. Ammo bir o‘yinda, keyin ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lishingiz bilan muxlislar xafa bo‘la boshlaydilar va bu kayfiyat Mourinyo va Konte davrida sezildi", — deya Lyoris so‘zlarini keltiradi The Guardian.
Mourinyo “Tottenxem”ni 2019 yildan 2021 yilgacha, Konte esa 2021 yildan 2023 yilgacha boshqargan.