Konte "Inter" bilan o‘yin haqida o‘z fikrini aytdi
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Inter" bilan bo‘lajak o‘yindan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bir paytlar qattiq mehnat qilgan joyga qaytish har doim ma’lum his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi. O‘sha davrlarning ko‘p lahzalari esga tushadi. Bu, albatta, yoqimli tuyg‘u.
Ikki yilni "Inter"da baxtli o‘tkazdim. Birinchi yili biz ligada ikkinchi bo‘ldik va Yevropa ligasi finalida mag‘lub bo‘ldik, ikkinchi yili Skudettoni qo‘lga kiritdik. Bu men bilan abadiy qoladigan ajoyib tajriba", - dedi 2019 yildan 2021 yilgacha Milan grandini boshqargan Konte.