Konte: "Men bo‘lmaganimda "Tottenxem" ko‘p narsaga erishmasdi"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Tottenxem"dagi vaqtini esladi. Italiyalik 2021 yilning noyabridan 2023 yilning martigacha "shporlar"ni boshqargan, shundan so‘ng u o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan. Shu yilning yozida mutaxassis “Napoli” bilan shartnoma imzoladi.
"O‘ylashimcha, hatto "Tottenxem"dagi ishimni ham muvaffaqiyatli deb atash mumkin. Men kelganimda jamoa Premer-ligada to‘qqizinchi o‘rinda edi, ammo biz Chempionlar ligasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldik. Ko‘rib turganimdek, men ketganimdan keyin “Tottenxem” bunga erisha olmadi. Men shaxsiy sabablarga ko‘ra jamoani to‘rtinchi o‘rinda qoldirib ketdim. O‘sha mavsumda ular sakkizinchi o‘rinni egalladilar", - deydi Konte.
“Napoli” hozir A Seriyada “Inter”dan 7 ochko oldinda bormoqda.