Donnarumma: "Napoli" favorit"
Italiyalik darvozabon Janluidji Donnarumma 3 yildan beri "PSJ"da o‘ynamoqda. Biroq, u Italiya chempionatini kuzatishda davom etmoqda, "Milan"ning sobiq darvozaboni joriy mavsumni juda qiziqarli deb hisoblaydi.
U chempionlik unvoni uchun kurashdagi favoritini ham nomladi. Donnarummaning fikricha, Antonio Konte boshchiligidagi "Napoli"da eng katta imkoniyatlar mavjud.
"Ko‘p o‘yinlarni tomosha qilaman, bu yil chiroyli chempionatni ko‘raman. Menimcha, “Napoli” va Konte yaxshi ishlamoqda. Yevrokuboklarsiz ham. Ularda eng yaxshi imkoniyat bor", - deya Donnarumma so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.