Jovanni Simeone: "Konte menga otamni eslatadi"
"Napoli" hujumchisi Jovanni Simeone o‘zining hozirgi ustozi Antonio Konte va otasi Diyego Simeone o‘rtasida juda ko‘p umumiylik ko‘rishini tan oldi.
- Antonio faqat "Napoli" haqida o‘ylaydi, u menga futbolni juda ham sevadigan otamni juda eslatadi. U har bir tafsilotni ko‘radi, boshqalar ko‘rmagan narsani intuitiv ravishda his qiladi va bularning barchasi uning tajribasidan kelib chiqadi. U murabbiy sifatida juda kuchli, u aniq biladi va qachon hujum qilish va qachon himoyalanish yaxshiroq ekanini aytadi", - deya Simeone so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Konte o‘zining "Napoli" ilk mavsumini boshqaruvida o‘tkazmoqda.