Eberl: "Musiala bilan yangi shartnoma ustida ishlayapmiz"
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl Jamol Musialaning shartnomasi haqidagi savolga javob berdi.
"Jamol uchun yangi shartnoma ustida ishlayapmiz, muzokaralar davom etmoqda. Albatta, har ikki tomonning ham o‘z manfaatlari bor, lekin ayni damda hammasi yaxshi ketmoqda, qandaydir yangilik bo‘lishi bilanoq bu haqda bilib olasiz", — dedi Eberl.
21 yoshli nemisning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va uning transfer qiymati Transfermarkt portaliga ko‘ra, 130 million yevroga baholangan.