«Fiorentina» darvozaboni David de Xea klubning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Oktyabr oyida u ikkita «quruq» o‘yin o‘tkazdi, shuningdek, ikki marta penaltini qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, David o‘tgan yozda Italiyaning mashhur klubini erkin agent sifatida to‘ldirgan edi. Hozirda u klub safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, jami barcha turnirlarda atigi 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.