"Inter Mayami" murabbiyini almashtiradi
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. Argentinalik mutaxassis shaxsiy sabablarga ko‘ra iste’foga chiqishga qaror qilgan, deb xabar beradi jurnalist Tom Boger.
Qayd etilishicha, klub voqealarning bunday rivojlanishini kutmagandi. Murabbiyning ketishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xerardo Martino 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da ishlaydi.
2024 yilgi mavsumda 61 yoshli murabbiy boshchiligidagi jamoa MLSning mavsum rekordini o‘rnatdi va 74 ochko jamg‘ardi.