Zair-Emeri - Chempionlar Ligasidagi debyuti haqida: «Fantastika»
«PSJ» yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri o‘tgan yili «Bavariya»ga qarshi o‘yinda Chempionlar ligasidagi debyutini esladi.
«Bu fantastika edi! G‘alaba qozona olmaganimiz esimda, lekin men aql bovar qilmaydigan hissiyotlarni boshdan kechirdim. Bu mening birinchi uchrashuvim edi va men bor-yo‘g‘i 16 yoshda edim. Men baxtiyor edim, o‘zimning maksimal darajamni ko‘rsatishga harakat qildim, garchi bunday raqib bilan buni amalga oshirish qiyin bo‘lsada, eng muhimi, bor kuchimni sarflash edi va hozir ham har bir o‘yinda shunday qilaman,» - dedi Zair-Emeri.
18 yoshli fransuz joriy mavsumda «PSJ» safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.