FIFA "Inter Mayami" klubini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga taklif qiladi
Argentinalik 37 yoshli hujumchi Lionel Messi to‘p tepayotgan MLS klubi “Inter Mayami” FIFA tomonidan 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga taklif qilinadi, deb xabar bermoqda Marca.
Musobaqa 2025 yilning yozida AQSHda bo‘lib o‘tadi va tarixda 32 ta klub ishtirokida yangi formatda o‘tkaziladigan ilk klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘ladi.
Ispaniya nashri xabariga ko‘ra, FIFA MLS chempioni aniqlanishini kutmasdan, "Inter Mayami"ga mezbon mamlakatdan yagona kvotani berishni rejalashtirgan. Bu haqda tez orada rasman e’lon qilinishi xabar qilingan.
MLSning navbatdagi mavsumi yakunlanishiga bir tur qolganida, 33 o‘yinda 71 ochko to‘plagan "Inter Mayami" o‘z natijalariga ko‘ra liganing eng yaxshi klubi bo‘lishi kafolatlangan. Bunda MLS chempioni pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi.