Flik: "De Yongda ko‘rganlarim menga yoqadi"
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohati tufayli uzoq vaqtdan so‘ng tarkibga qaytgan niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yong haqida gapirdi. Nemis mutaxassisi Frenkining maydonda qilayotgan ishlari unga yoqishini aniq aytdi.
Eslatib o‘tamiz, u 2019 yilda "Barselona"ga o‘tgan edi.
- Menga Frenkida ko‘rganlarim yoqadi. U o‘yinga barqarorlik beradi, to‘pni ajoyib nazorat qiladi. Bu biz uchun nihoyatda foydali. U juda og‘ir jarohatdan tiklandi", - deya Flik so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.