36 yoshli Marselo klubsiz qoldi
36 yoshli braziliyalik himoyachi Marselo rasman klubsiz qoldi. U "Fluminense"ni tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oldinroq Marselo va klub bosh murabbiyi Mano Menezes o‘rtasidagi mojaro haqida ma’lum bo‘lgandi. Biroq, klub ta’kidlaganidek, klub va Marselo shartnoma bekor qilinganidan keyin ham do‘st bo‘lib qolishadi.
Eslatib o‘tamiz, Marselo futbol olamiga "Real"ning sobiq himoyachisi sifatida tanilgan.