"Real" himoyachisi jiddiy jarohatdan qutulib qoldi
Antonio Ryudiger "El-Klasiko"da jarohatdan qutulib qoldi.
"Real" himoyachisi "Barselona" bilan o‘yindan keyin (0:4) mushaklarida muammo yuzaga kelgani ma’lum qilingandi. O‘yindan keyin Lukas Vaskes ham noqulaylikni boshdan kechirdi, biroq Ryudigerning holati katta tashvish uyg‘otdi.
AS nashrining yozishicha, ekspertiza natijalariga ko‘ra, Ryudigerning chap oyog‘i mushaklari sezilarli darajada ortiqcha yuklangani aniqlangan, biroq himoyachi jiddiy jarohat olmagan.
Qayd etilishicha, Ryudigerning shanba kuni "Valensiya" bilan o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi, ammo klub germaniyalik himoyachining sog‘lig‘i haqida optimistik fikrda.