Yulian Nagelsmann Millatlar ligasi o‘yinlari oldidan milliy terma jamoaning tig‘iz taqvimi haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Millatlar ligasidagi o‘yinlar oldidan o‘z shogirdlarining tig‘iz jadvali haqida gapirdi.
"Ayrim futbolchilarda jarohatlar bor. Bolalar haftaning o‘rtasida ketma-ket uch hafta o‘ynashadi, shuning uchun biz buni hisobga olishimiz kerak. Biz milliy terma jamoaning ambisiyalari va klublarning asosli talablari o‘rtasidagi muvozanatni topishimiz kerak. Biz bu borada muloqot olib bormoqdamiz," - dedi Nagelsman matbuot anjumanida.