Kukurelya o‘yinlar ko‘pligi tanqid qildi
Londonning “Chelsi” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya tig‘iz taqvim haqida fikr bildirdi.
"Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, 2027 yilning yozigacha ta’tilga chiqa olmayman, deb hazil qilib aytyapman. Ammo bunday ko‘p sonli o‘yinlar tanaga katta ta’sir qiladi", - deydi ispaniyalik himoyachi.
Premyer-liganing joriy mavsumida Mark o‘nta o‘yin o‘tkazib, oltita sariq kartochka oldi.