Kukurelya: "Xoland mening qo‘shig‘imni biroz noto‘g‘ri qabul qildi, ammo hozir hammasi hal bo‘ldi"
"Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Yevro-2024 chempionligidan so‘ng kuylagan va muxlislar orasida mashhur bo‘lgan qisqa qo‘shig‘i haqida gapirdi. Ushbu qo‘shiqda futbolchi Erling Xoland Kukurelyani ko‘rganda qo‘rquvdan titrayotganini kuylagan.
"Xoland buni biroz noto‘g‘ri qabul qildi, ammo hozir hammasi hal bo‘ldi. Koul Palmer u bilan gaplashdi va meni yaxshi yigit ekanligimni aytdi. Xoland videoni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rdi va bu o‘ziga qarshi shaxsiy video, deb o‘yladi, biroq uning familiyasi o‘rniga Messi yoki Mbappe familiyasi bo‘lishi mumkin edi", — dedi Kukurelya Cadena Cope nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Premyer-liganing 1-turida Erling Xoland “Chelsi” darvozasiga gol urgan edi.