Arsen Venger: "Xoland - yirtqich hayvon"
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland haqida gapirdi.
"Erling - yirtqich hayvon. Unda qotillik instinkti bor. Xoland aql bovar qilmaydigan gollar uradi. Yana shuni ta’kidlash joizki, uning faoliyati endigina boshlangan. U hali 13-14 yil o‘ynaydi. Buni tasavvur qilish qiyin", - dedi fransuz mutaxassisi.