Venger "Siti" haqida: "Men klubni bir mavsumda 115 ta qoidabuzarlikda ayblashiga ishonmayman"
Arsen Venger "Man Siti" moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolanishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Ayni paytda "Man Siti" kabi klubni bir futbol mavsumida 115 ta turli jinoyatlarda ayblash mumkinligiga ishonish qiyin. Men ishonmayman. Premyer-liga allaqachon bitta ishda mag‘lub bo‘ldi, bu ularga qarshi birinchi ish. Men ularni tanimayman, ularni hukm qila olmayman.
Moliyaviy feyr-pley qoidalarini o‘zgartirish va soddalashtirish kerak. Menimcha, Premyer-ligada FFP qoidalarini o‘zgartirish kerak, chunki Premyer-liga qoidalarni o‘zgartirgan boshqa ligalar bilan raqobatga duch kelmoqda", dedi "Arsenal" sobiq bosh murabbiyi.