APLning to‘rtta klubi "Manchester Siti"dan pul talab qilishi mumkin
Angliyada "Manchester Siti"ga qarshi sud jarayoni davom etmoqda.
Premyer-liganing so‘nggi yillardagi chempionlari 115 ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanmoqda. Bu masala qachon tugatilishini aytish qiyin. Agar "Manchester Siti" aybdor deb topilsa, to‘rtta yirik klub "Manchester Siti"dan tovon puli talab qilishi mumkin.
The Times nashri xabariga ko‘ra, bu klublar "Arsenal", "Liverpul", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted"dir. Ular to‘lovlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qolgan holda huquqiy bildirishnoma topshirdilar. Klublar "Manchester Siti"ning moliyaviy qonunbuzarliklari tufayli moliyaviy jihatdan yo‘qotgan deb hisoblamoqda.