“Real” sobiq bosh murabbiyi: "Vinisius o‘zi duch keladigan salbiy holatlarning ko‘piga o‘zi sababchi"
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgo hujumchi Vinisius Juniorning xatti-harakatlari haqida gapirdi.
"Menimcha, Vinisius o‘zi duch keladigan salbiy holatlarning ko‘piga o‘zi sababchi. U qilmasligi kerak bo‘lgan narsalarni qiladi.
Tasavvur qiling-a, Pele va Ziko maydonda ko‘plab zarbalarni qabul qilib olishardi. Vini o‘zining oyog‘iga raqiblar zarba berganda g‘azablanadi va keyin bu terining rangi bilan bog‘liqdek tuyuladi", dedi Lushemburgo.