Kukurelya: "Britaniyaliklar yaralangan"
"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Ispaniyaning Yevropa chempionati finalidagi g‘alabasidan so‘ng Angliyada odamlar unga boshqacha munosabatda bo‘lganini aytdi.
Futbolchining fikricha, bu hatto hakamlar faoliyatida ham o‘z ifodasini topmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 finalida Ispaniya terma jamoasi Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
"Ushbu Angliya chempionatida men beshta sariq kartochka oldim, garchi kam qoidabuzarlik qilgan bo‘lsam ham.
Ayniqsa, safar o‘yinlarida menga nisbatan salbiy munosabat bor. Bu normal holat, chunki biz Yevroni yutib oldik.
Finalda Oyarsabalga golli uzatma berdim, hozir esa ularning uyida o‘ynayapman. Britaniyaliklar yaralangan", - dedi Kukurelya.