"Napoli" yetakchisi klubdan ketadi, agar...
"Napoli"ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya "PSJ"ning nishonida qolmoqda.
La Gazette dello Sport nashrining xabar berishicha, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Kvarasxeliyani o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.
Avvalroq matbuot Kvarasxeliyaning "Napoli" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari oson kechmayotgani haqida yozgan edi.
Shu fonda A Seriya klubi 23 yoshli gruziyalikka yaxshi taklif tushsa, u bilan xayrlashishga tayyor.