"Napoli" yetakchisi katta ehtimol klubni tark etadi
"Napoli"ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya Italiya klubini tark etishi mumkin.
Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, 23 yoshli Kvarasxeliya va "Napoli" rahbariyati o‘rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va shu sababli u klubni tark etishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, futbolchining transferiga "Barselona" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. "Barselona" rahbarlari Kvarasxeliyani sotib olish uchun qancha mablag‘ ajratishga tayyor ekanliklari avvalroq xabar qilingandi.