"Napoli" sport direktori Kvarasxeliyaning shartnomasi haqida gapirdi
"Napoli" sport direktori Jovanni Manna yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya bilan shartnoma borasidagi savolga javob berdi.
"Biz iyul oyida shartnomani uzaytirish taklifini bergan edik, muloqot davom etmoqda. Albatta, “Xvicha” faqat futbolga e’tibor qaratishi uchun bu masalani tezroq yopib, mavsumga e’tibor qaratmoqchiman", - deydi Mannu.
Gruziya terma jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisining "Napoli" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va uning transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.