Xoland barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyini aytdi
"Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland "shaharliklar"ning amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.
"Gvardiola - dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Balki hammasidan ham yaxshisi", - deya norvegiyalik to‘purarning so‘zlarini keltiradi Sky Sports ijtimoiy tarmoqda.
Oldinroq Gvardiola "Manchester Siti" bilan hamkorlikni 2026 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirgani va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkinligi e’lon qilingan edi.
Uning qo‘l ostida "Manchester Siti" olti marta APL chempionligini qo‘lga kiritdi va UEFA Chempionlar Ligasida ham g‘olib chiqdi.