"Sporting" futbolchisi ikki Manchester grandi o‘rtasida tanlov qildi
Lissabonning "Sporting" klubi markaziy himoyachisi Usmon Diomandega bir vaqtning o‘zida Manchesterning ikki grandi qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli kot-dIvuarlik futbolchi "Manchester Siti"dan ko‘ra, "Manchester Yunayted"ga o‘tishni afzal ko‘radi. Mankunianliklarga yangi bosh murabbiy sifatida aynan "Sporting" sobiq ustozi Ruben Amorim tayinlandi.
Diomande hozirda 40 million yevroga baholanmoqda. Unga avvalroq "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgan edi.