"Napoli" "Inter" futbolchisini nishonga olgan
"Napoli" darvozaboni Aleks Meret "Inter"ga o‘tishi mumkin.
27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.
Tomonlar allaqachon yangi kelishuvni muhokama qilishgan, biroq kelishuvga erisha olishmagan. Radio Kiss Kiss Napoli xabariga ko‘ra, "Inter" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va Meret "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirmasa, uni o‘z safiga tortishga tayyor.
Milan grandi italiyalik futbolchini dekabr oyida 36 yoshga to‘ladigan Yann Zommerning potensial davomchisi sifatida ko‘rmoqda.