Gvardiola "Manchester Siti"ga yangi futbolchi tanladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaga yangi futbolchi tanladi. TodoFichajes portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, mutaxassis himoyachi Pedro Porronni o‘z futbolchilari orasida ko‘rishni istaydi.
"Tottenxem" 25 yoshli futbolchi uchun 96 million yevro so‘raydi. Ayni damda Angliyaning so‘nggi yillardagi chempionlari bunday pulni to‘lashga tayyormi yoki yo‘qmi, aniq emas.
Umuman olganda, Pedro Porro “Tottenxem” safida 67 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va o‘n ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.