«Barsa» futbolchisi Valensiyada toshqin oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres hozirda jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
24 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar va o‘yinlardan bo‘sh vaqtida Valensiyadagi halokatli suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yordam bermoqda.
Ferran joriy mavsum «Barsa» safida 10 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.