Ferran Torres: "Hatto stadionga borib, jamoadoshlarimning o‘yinini ko‘rishga ham kuchim yo‘q"
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres kecha bo‘lib o‘tgan "Espanyol"ga qarshi o‘yinni (3:1) tomosha qilish uchun stadionga bormadi.
U Valensiyada tug‘ilgan, uning ona shahrida "Dana" to‘fonidan 100 dan ortiq odam bo‘lgan.
"Bizga bu mamlakatda o‘zgarishlar kerak! Bugun hatto stadionga borib, jamoadoshlarimning o‘yinini ko‘rishga ham kuchim yo‘q.
Butun mamlakat harakatga kelishi lozim. Bu har qanday joyda sodir bo‘lishi mumkin. Biz butun dunyo bo‘ylab odamlarning iliq munosabati va qo‘llab-quvvatlashini his qilmoqdamiz. Davlat muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Xalq xalqni qutqarmoqda, davlat bizni tashlab qo‘ydi. Visca Valencia, Viva España", - deb yozgan Ferran o‘z sahifasida.