Ferran safga qaytishga yaqinlashmoqda
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres FIFA kunlaridan so‘ng yana maydonga qaytishi mumkin.
«Sport» nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi jarohatidan tiklanishga yaqin va xalqaro tanaffusdan so‘ng u jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.
Ferran bu mavsumda jami 10 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 2 ta golli pas berdi.