Gvardiola "Manchester Siti"ni zudlik bilan tark etish shartlarini aytdi
Payshanba kuni Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini yana ikki yilga 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgani e’lon qilindi. Matbuot anjumanida ispaniyalik qanday holatda klubni avvalroq tark etishini aytdi.
"Bu yerda yana ikki mavsum o‘tkazmoqchiman. Lekin shuni bilamanki, natijalar yaxshi bo‘lmasa, ikki yil ham bo‘lmaydi. Xuddi shu narsa futbolchilar uchun ham amal qiladi. Siz qanchalik afsonaviy bo‘lishingizdan qat’iy nazar, siz doimo o‘z darajangizda turishingiz kerak", – dedi Gvardiola.
23 noyabr, shanba kuni “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenxem”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.