"PSJ"ning Mbappe ustidan bergan apellyasiyasi rad etildi
Fransiya futbol federasiyasi "PSJ"ning jamoaning sobiq hujumchisi Kilian Mbappega maosh va bonuslar to‘lanmagani bo‘yicha qaror ustidan bergan apellyasiyasini rad etdi, deb xabar bermoqda France Press.
Avvalroq, Fransiya Professional Futbol Ligasi "PSJ"ga futbolchi uchun 55 million yevro to‘lashni buyurgani ma’lum bo‘lgan edi. Klub bu qarorga apellyasiya berdi.
Agar "PSJ" to‘lovni amalga oshirmaganlikda aybdor deb topilsa, LFP klubga transferlarni taqiqlash va uni UEFA lisenziyasidan mahrum qilish huquqiga ega ekanligini, bu esa Chempionlar ligasidan chetlatilishini aytgan edi.