"MonpelYE" prezidenti kechagi yirik mag‘lubiyatdan keyin jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
"MonpelYE" prezidenti Loran Nikollin bosh murabbiy Mishel Ter-Zakaryan ist’efoga chiqarilganini e’lon qildi. Bu jamoa "Marsel"ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berganidan keyin sodir bo‘ldi. "MonpelYE" 4 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalini yakunladi.
"Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, men Ter-Zakaryan bilan shartnomani bekor qildim. U endi "MonpelYE" murabbiyi emas. Men ko‘rgan o‘yin va munosabatni inobatga olib, men aralashishga va hamkorligimizni tugatishga majbur bo‘ldim. Klub birinchi o‘rinda turadi", - dedi Nikollen RMC Sport.