APL gigantlari 20 yoshli himoyachiga ko‘z tikkan
"Bornmut"ning chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez Angliya Premyer-ligasi gigantlarining radariga tushgan.
20 yoshli futbolchi "giloslar" uchun muhim o‘yinchiga aylandi - u joriy Premyer-liganing barcha sakkizta uchrashuvida maydonga tushdi.
Football Insider xabariga ko‘ra, ayni damda vengriyalikka Angliyaning uchta top-klubi - "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal" da’vogarlik qilmoqda.
Transfermarkt portali yosh futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.