Keyn "Bavariya" safidagi so‘nggi 7 ta o‘yinda 3 ta xet-trik qayd etdi
Xarri Keyn bu kuzda uchta xet-trik qayd etdi.
“Bavariya” hujumchisi bugun Bundesliganing 7-turi doirasidagi o‘yinning 57, 60 va 80-daqiqalarida “Shtutgart” darvozasini ishg‘ol qildi.
14 sentyabr kuni ingliz futbolchisi Germaniya chempionatida "Xolshtayn Kil" bilan o‘yinda 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 17 sentyabr kuni Chempionlar ligasida Zagrebning “Dinamo” klubi darvozasiga 4 ta gol urdi.
Shu tariqa Keyn "Bavariya" safidagi so‘nggi 7 o‘yinida uchta xet-trik qayd etgan.