Dyugarri Luis Enrikeni tanqid qildi
"PSJ"ning ispaniyalik murabbiyi Luis Enrike Usmon Dembele bilan janjallashdi, shundan so‘ng jamoaning o‘yini darhol sifatsiz bo‘lib qoldi, bu esa "PSJ"ning natijalariga ta’sir qildi.
Fransiyalik sobiq futbolchi Kristof Dyugarri ispaniyalik mutaxassisning harakatlaridan norozi, uning fikricha, u jamoaning kiyinish xonasi ustidan nazoratni yo‘qotmoqda.
"O‘ylaymanki, bu qaror juda qiyin, bunday futbolchini bunday muhim o‘yinlarda jamoadan tashqarida qoldirib bo‘lmaydi. Bu esa jamoani beqarorlashtirib yubordi. Luis Enrike har qanday holatda ham vaziyatni nazorat qilishini ko‘rsatmoqchi edi. U futbolchi bo‘lganida ham o‘zini shunday tutgan", - deydi 90-yillar oxirida "Barselona"da Luis Enrike bilan bir muddat o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan Dyugarri.