Enrike: "Siz shubhalansangiz, men jamoada o‘sish va salohiyatni ko‘raman"
Luis Enrike "PSJ"ning joriy mavsumdagi o‘yini haqida optimizm bildirdi.
Seshanba kuni parijliklar Chempionlar ligasi doirasida PSVga qarshi maydonga tushishadi. Endilikda Luis Enrike shogirdlari umumiy turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
"Futbolda har bir o‘yinda har tomonlama yaxshilash kerak. Agar siz 5:0 hisobida g‘alaba qozonsangiz, har doim yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar mavjud. Siz shubhalansangiz, men jamoaning o‘sishini, salohiyatini ko‘raman.
Darhaqiqat, yaxshilanishi kerak bo‘lgan ko‘p narsalar bor, lekin men juda optimistman. Menga ko‘rganlarim, mavsumni qanday boshlaganimiz yoqadi.
Chempionlar ligasi - qiyin sinov, bu musobaqada yaxshi natijalar kamroq bo‘ladi, ammo ertaga biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz va ijobiy natijaga erishmoqchimiz", - dedi "PSJ" ustozi o‘yinoldi matbuot anjumanida.