Enrike: "Raqiblarimiz bizdan qo‘rqishi yoqimli holatdir"
Luis Enrike "PSJ" Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri degan fikrga o‘z munosabatini bildirdi.
Bu haqda avvalroq strasburgliklar bosh murabbiyi Liam Rossenyor aytib o‘tgandi. Uning jamoasi shanba kuni Liga 1ning 8-turida parijliklarga imkoniyatni boy berdi (2:4).
"Raqiblarimiz biz haqimizda shunday gapirishlarini bilish juda yoqimli, bunday maqtovlarni olish yoqimli. Maqsadimiz barcha sovrinlar uchun kurashish, ammo biz Chempionlar ligasi qiyinligi haqida o‘ylashimiz kerak, bu Yevropadagi eng katta turnir va biz oldinga intilamiz.
Ertaga biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz va o‘z chempionatida aql bovar qilmaydigan natijalar bilan ustunlik qilayotgan juda yuqori saviyali raqibga qarshi ijobiy natijaga erishmoqchimiz. Bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi, balki "Strasburg" bilan o‘yinga biroz o‘xshaydi", - dedi “PSJ” bosh murabbiyi.