Luis Enrike OAVni tanqid qildi
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike OAVda "PSJ" ustidan bildirilgan tanqidlarga javob berdi.
Mutaxassis o‘z jamoasi haqida yozilganlarga e’tibor bermaydi. U klubga bo‘lgan munosabatni "sirk" deb atadi.
"Men matbuotni o‘qimayman, tanqidni shu yerda, matbuot anjumanida o‘rganaman. Gol urmaganimizda hujumchi yetishmayotgani haqida gapirishadi. Biz gol urganimizda, ular bu haqda gapirishmaydi. Bu sirk ekanligini bilaman, lekin buni qabul qilaman", dedi Enrike.
Hozir "PSJ" Liga 1da birinchi o‘rinda. Chempionlar ligasida parijliklar 25-o‘rinda boryapti.