Luis Enrike «Atletiko»ga qarshi o‘yinda kim «PSJ» darvozasini qo‘riqlashi haqidagi savolga javob berdi
Luis Enrike «Atletiko»ga qarshi o‘yin uchun darvozabonni qanday tanlashi haqida gapirdi.
6 noyabr kuni «PSJ» Chempionlar ligasining 4-turi doirasida Ispaniya klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fransiya chempionatining «Lans»ga qarshi kechgan (1:0) parijliklarning so‘nggi o‘yinida asosiy tarkibida Matvey Safonov maydonga tushgandi.
«Ertaga hammasini bilib olasiz. Yaxshi bir chashka kapuchinodan so‘ng, qaysi darvozabon o‘ynashini hal qilaman.
Asosiysi, uchchalasi ham tayyor», - deydi «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike.