Luis Enrike: «Atletiko» muxlislarining omadi keldi»
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike ancha yillar avval «Atletiko»ni boshqarishga yaqin kelganini aytdi.
«Bu rostdan ham shunday, men ma’lum bir paytda (Simeonegacha) «Atletiko Madrid»ga murabbiylik qilishni rejalashtirganman, lekin boshqa bir klubga so‘z bergan edim. Ammo «Atletiko»ning omadi chopdi, chunki men Simeone qilgan ishning yarmisini ham qila olmasdim. Menda bunday quvvat yo‘q. «Atletiko» muxlislarining omadi keldi», - dedi ispaniyalik mutaxassis.