Maunt safga qaytdi
«Manchester Yunayted» hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt APL doirasidagi «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (0:3) boshidan olgan jarohatidan so‘ng yana jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishdi.
«United Stand» xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi jamoaning hafta oxiridagi o‘yiniga tayyor bo‘lishi mumkin, ammo Yevropa ligasi doirasidagi PAOKka qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi.
Maunt bu mavsumda 5 ta o‘yinda samarali harakatlari bilan ajralib turolmadi.