"MYU" futbolchisining tiklanishi cho‘zilmoqda
Meyson Mauntning so‘nggi jarohatidan tiklanishi uzoq davom etmoqda va o‘yinchi kutilganidan tezda safga qaytmaydi.
Angliyalik yarim himoyachi yana kamida 2 haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Bu ma’lumotni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida tasdiqladi.
Joriy mavsumda Maunt barcha musobaqalarda 5 ta o‘yin o‘tkazdi va birorta ham samarali natija qayd etmadi.